GIDROELEKTR STANTSIYA

GIDROELEKTR STANTSIYA (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika in- shootlari va energetika jihozlari maj- mui. Gidrotexnika inshootlari to’g’on yonidagi, derivasion va aralash turlar- ga bo’linadi. To’g’on yonidagi GESlarda to’g’on yordamida suv sathi ko’tarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES bi- nosi 3 xil joylashtiriladi: 1) to’g’on yonida; 2) to’g’ondan chetrokda; 3) to’g’ondan pastda, Daryo o’zanida. To’g’on yonida va Daryo o’zanida quriladigan GES lar- da suv bosimini to’g’on hosil qiladi. Bunday GES lar suvi ko’p bo’lgan, tekis oqadigan tog’daryolariga, soyliklar- ning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamo’yin va Chordara GES- larini ko’rsatish mumkin. Derivasion (GES ning st-ya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib ke- linadigan) GESlar o’rta va yuqori bo- simli bo’lib, bosim derivasiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Bo’zsuv kanali- dagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivasiya kana- li yordamida hosil qilinadi. GES in – shootlari majmuiga Daryo o’zanini to’sib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (to’g’on), GES binosiga suv etkazib bera- digan kanal, st-ya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfi- ni tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. Avto- matik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr ener- giyaga aylantirib beradigan gidroagre- gat (turbina b-n generator) o’rnatilgan mashina zali va foydalanib bo’lingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshoot- lari b-n GES turbinalariga keltiril- gan suv turbinaning ish g’ildiragini, unga o’rnatilgan o’qni va o’q b-n birik- tirilgan generatorni aylantirishi na- tijasida elektr energiya hosil bo’ladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vo- sitasida iste’molchilarga etkazib be- riladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomat- lashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qo’shni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GES ning belgilangan quvvatiga ko’ra kam (5 MVt gacha), o’rta (5-25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga bo’linadi. Daryoning energeti- ka resurslaridan to’laroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, ya’ni Daryo oqimi bo’yicha ma’lum masofada joy- lashtiriladi. Bunday GES kaskadla- riga O’zbekistondagi Toshkent (Bo’zsuv, Bo’rijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Bo’zsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); O’rta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, G’azalkent); Shahrixon (GES- 5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YuFK-3); Samarkand (GES-1B, GES- 2B, GES-zb, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumu- lyasiyalovchi elektr stantsiya (GAES) va ko’tarilish suv elektr stantsiya (PES) alohida o’rin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda ko’p energiya ta- lab qiladigan (tig’iz) vaqtlardagi ener- giyani to’ldirib turish uchun quriladi. GAES ning energiyani akkumulyasiyalash xususiyati energetik tizimdagi ba’zi vaqt oralig’ida bo’sh bo’lgan elektr ener- giyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tig’iz vaqtda esa yig’ilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitasiya kuchlari suv mas- sasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam ko’gariladi, dam pasayadi. Ana shu ko’tarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bu- larda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yo’q. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensasiey elektr stantsiya (kes), issiqlik elektr marka- zi (tes), atom elektr stantsiya (AES) b-n bir tizimda ishlaydi. Bunda energosi- stemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, ko’p energiya talab qiladigan (tig’iz) vaqtlarida ishlaydigan bo’lishi mumkin. GES lar elektr energiya berish b-n birga Daryo o’zanini loyqalanishdan asraydi, ko’plab ekin maydonlarini sug’orishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika) Soli Majidov.