Gidrometallurgiya

Gidrometallurgiya (gidro… va metallurgiya) — kimyoviy element- larning suvdagi eritmasi yordamida xom ashyo (ruda va ba’zi sanoat chiqindilari) dan rangli metallarni ajratib olish. G. birin-ketin bajariladigan quyidagi texnologik yumushlarni uz ichiga oladi: rudaga mexanik ishlov berish, kimyoviy ishlov berish, cho’ktirish (tindirish), me- tallni ajratib olish. Rangli metallar- ni ajratib olish uchun xom ashyo maydala- nadi, maydalangan xom ashyo xlorlovchi, oksidlovchi va qaytaruvchi muhitlarda kuydiriladi, qovushtiriladi, so’ngra erituvchi birikma b-n ishlanadi. Na- tijada pulpa (maydalangan rudaning erituvchi b-n aralashmasi) hosil bo’ladi. Erituvchi birikma sifatida sulfat kislota, soda, o’yuvchi natriy, ammiak, tsianid va xloridlar, natriy sulfid va b. nin g suvdagi eritmasi ishlatiladi. Erituvchi birikmadagi metall eritma- lari shlam (tarkibida metall bo’lmagan mayda qo’shimchalar) dan ajratiladi. Buning uchun pulpa quritiladi, so’ngra tindirish qurilmalari va filtrlarda yuviladi. Erituvchi birikmadagi metal eritmalari chanlarda (krestovina va ku-rakchalar o’rnatilgan val yordamida) va kimyoviy usul b-n (rux, alyuminiy kukun- lari ta’sir ettirib) cho’kmagan zarralar va zararli qo’shimchalardan tozalanadi. Metall va uning birikmalari eritmadan cho’ktirib olinadi. Bu jarayonda elektro- Liz, tsementitlash, sorbtsiya (ion Alma- shuvchi qatronlar yoki kumir yordamida), suyuq ekstraktsiya (organik erituvchilar yordamida) usullari tatbiq etiladi. Cho’kindi metall va uning kimyoviy bi- rikmalari qayta ishlanib, toza metal (mis, rux, kumush, oltin va b.) yoki shun- ga yaqin mahsulot olinadi. Buning uchun cho’kindi qayta kristallanadi, bug’ga ay- langunga qadar qizdiriladi, qayta eri- tiladi va elektrolizlanadi. G. usulida oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram va b. rangli metallar olinadi (q. Asl me- tallar. Gidroliz, Elektroliz).