Gidromodul
Gidromodul (Yun. hydor — suv, lot. modulus — o’lchov) — muayyan vaqt davomida 1 ga ekinini sug’orishga sarflanadigan o’rtacha suv miqdori. T.(q) 1 ga erga l/sek hisobida ifoda- lanadi. Sug’oriladigan dala g.—bevo- Sita sug’oriladigan paykalga berilgan suvning o’rtacha miqdorini bildiradi. Sug’orish tarmog’idagi suv sarfini toppish uchun barcha suv berish g.lari aniqlanadi va sug’orish tarmog’ining ish jadvali re- jasi yoki sistemaning suvdan foydala- nish rejasi tuziladi. Jadvalda har bir ekinga alohida suv berish g.ining katta- ligi ko’rsatiladi. Bu jadval ma’lumot- lari asosida vertikal o’q bo’yicha q ning, gorizontal o’q bo’yicha qiymatlari bel- gilanib, g. grafigi chiziladi. Grafikni tartibga solish yoki to’ldirish uchun har bir ekin ko’taradigan chegaralarda suv be- rish davri davomiyligi o’zgartiriladi; ba’zida esa sugorish normasi saqlangan holda suv berish normasi o’zgartiriladi. G’alla-g’o’za-beda almashlab ekish ekin- lari uchun g. nettoning taxminiy ko’rsatkichlari q.x. ekinlari grunt suv- lari namidan foydalanmaydigan sharo- itlarda O’rta Osiyo mintaqalarida 1 ga uchun maksimal g. netto 1,05—0,8 l/s (Jan. r-nlarda ko’proq, shim. r-nlarda kamroq). Masharip Baqoev.