GIGANTOPITEKLAR
GIGANTOPITEKLAR (Gigantopithe-cus) — qirilib bitgan yuksak primatlar urug’i. G.ning suyak qoldiqlari (pastki va yuqori katta oziq, tishlari)ni birinchi marta 1935 y. Jan. Xitoyda erta pleyston qatlamlarida Gollandiya olimi Kengsvald topgan. Bu topilma kaynazoyning to’rtlamchi dav- riga mansub. 1959 y.da Xitoy olimlari Pey Ven Chjun va Li ham Guansi vilo- yatidagi g’orlardan g.ning uchta butun pastki jag’lari va juda ko’p tishlarini topishgan. G.ning primatlar turkumida- gi sistematik o’rni to’liq aniqlanmagan, ba’zi belgilariga kura g. pongidlarga, boshqa belgilari b-n gominidlarga yaqin. Ba’zi olimlarning fikricha, g. ikki oyoqda erda yuradigan maymunlar bo’lgan, ammo tanasining keskin yiriklashuvi tufayli gominidlardan chetlashgan.