Gilli slanes
Gilli slanes (nem. Greisen — parchalanish), aspid, qoplama sla- nes — gilli minerallardan tashkil topgan cho’kindi tog’jinsi. Gillarning Er po’stida bosim ta’sirida zichlani- shidan va qisman qayta kristallanishi- dan hosil bo’ladi. Keyinchalik o’zgarib fillita yoki xloritli slanesga aylana- Di. G. s. qatlanish, ajralish xossasiga ega. Suvda ivimaydi. Gilga nisbatan qattiq. Geosinklinal cho’kindilariga xos. Tarkibida gildan tashqari kvars, slyuda, dala shpati va b. mineral zarrala- ri ham bo’ladi. Qora, kulrang, goho yashil rangda uchraydi. O’zbekistonda Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Chatqol-Qurama tog’larida keng tarqalgan. Xo’jalikda G. s.ning yonuvchi turlari yoqilg’i sifati- da, boshqa turlari qurilishda, qoplama material, ba’zi bir elektr asboblari, qalam tayyorlashda, q.x.da o’g’it sifatida ishlatiladi. Tarkibida kianit, Disten va andaluzit bo’lgan g. s. yuqori t-raga chidamli material sifatida ishlatiladi.