Gipogen konlar, magmatogen konlar, endogen konlar

Gipogen konlar, magmatogen konlar, endogen konlar— er po’stining chuqur qismlarida magmatic qorishmalar yoki issiq suvli eritma- lardan yuqori t-ra va bosim sharoitida hosil bo’lgan foydali qazilma konla- ri. G. k. 5 asosiy genetik guruh: magma- tik, pegmatitli, karbonatitli, skar- nli va gidrotermal konlarga ajraladi. Magmatik konlar foydali elementlar (xrom, titan, platina, mis, nikel va b.)ga boy qorishmalarning sovishidan hosil bo’ladi. Pegmatitli konlar sovi- yotgan magmadan ajralib chiqqan qoldiq mahsulotlar. Karbonatli konlar kal- tsiy, magniy va temir karbonatlarining to’planishidan hosil bo’ladi. Bular b-n temir, mis, niobiy rudalari, apatit va flagopit konlari bog’liq. Skarnli kon- lar magmatik tog’jinslarining qizigan tutash zonalariga issiq bug’larning ta’- sir etishidan tarkib topadi (temir, mis, volfram, qo’rg’oshin, pyx, bor va b.). Gidrotermal konlar erning chuqur joy- larida harakatlanadigan qaynoq suvli eritmalardan cho’kkan rudalardan (rang- li, Nodir, radioaktiv va b. rudalari) iborat.