Gipokaust
Gipokaust (lotincha hypocaustum, yunoncha hypo-ostidan, tagidan va kaustos-isitilgan, qizitilgan so’zlaridan)-antik davrda, ayniqsa, qadimgi rimliklarda keng tarqalgan bir qavatli binolarni isitish tizimi. Pech yordamida isitilgan havo quvurlar orqali uyning poli va devorlariga yuborilgan. Qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi. Miloddan avvalgi I asrda rimlik muhandis Sergiy Orata tomonidan takomillashtirilgan. Juda qimmatligi bois, undan eng badavlat insonlargina foydalana olardi.