Gipoparatireoz

Gipoparatireoz [gipo… va lot. (glandula) parathyreoidea — qalqonsimon bez oldi bezi va osis — kasallik] — qalqonsimon bez oldi bezlari sekre- tor faoliyatining etishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. G.ga qalqonsimon bez oldi bezlarining tug’ma etishmovchiligi, qalqonsimon bezda operasiya o’tkazilayotganda bexos- dan old bezlarning olib tashlanishi yoki qon quyilishi sabab bo’ladi. G.da kaltsiy singishi buziladi, qonda kal- tsiy miqdori kamayadi, tomir tortishi- shi (tetaniya, talvasa xuruji), asabiy va ruhiy buzilishlari ro’y beradi. G. yashirin va haqiqiy bo’ladi. Yashirin xilida bemorning tashqi ko’rinishida o’zgarish bo’lmaydi, faqat oyoq-qo’l bir oz muzlashi, badanda chumoli yurayotgandek tuyulishi, spazm kuzatilishi mumkin. Homiladorlik, hayz ko’rish, zaharlanish, mexanik, termik ta’sirotlar, har xil kasalliklar yashirin g.ning haqiqiy g.ga o’tib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Bemor gormonlar va vitaminlar b-n da- volanadi.