Girkaniya

Girkaniya (Avestoda — Vrakana, o’rta asrlardagi nomi — Jurjon) — qad. tarixiy-madaniy viloyat. Kaspiy dengi- zining Jan.-Sharqiy sohilida, Eronning shim.da, Turkmanistonning Jan.-g’arbiy qismidajoylashgan. G. atamasi eroniycha wrk — bo’ridan olingan bo’lishi ehtimol. Poytaxti — Gekatompil sh. Yunonrim yozma manbalarida Aleksandr yurish- laridan e’tiboran bir necha bor qayd etilib, yovvoyi hayvonlar to’lib toshgan mamlakat sifatida tavsiflanadi. Am- Mian Marsellin (4-a.)ga ko’ra, «kit’a ichkarisida… Girkanlar yashaydi. Ular ovchilik b-n tirikchilik qilishadi, ov qilinadigan jonzodlar ularda juda tur- li-tumandir. Bu erda minglab yo’lbars va ko’plab yovvoyi hayvonlar bor». Mil.AV. 235 y. Parfiya davlati tarkibiga kirgan, lekin mil. 1-2-a.larda katta muxtori- yatga ega bo’lib, mustaqil siyosat yurgiz- gan va o’z elchilarini Rimga jo’natgan. Bu erda arshakiylarnnng bir tarmog’iga mansub sulola vakillari hukmronlik qilgan.