G’IRROM

G’IRROM (sportda) — o’zbek kurashi atamalaridan biri. G’irrom bellashuv paytida oxirgi ogohlantirishda ishlatiladi. Katta xatoga yo’l qo’ygan (yoki «dakki» jazosini olgan va keyin yana qo’pollikni amalga oshirgan) kurashchiga e’lon qilinadi va bu uning mag’lubiyatini bildiradi.