Girya

Girya (fors. — yig’i, o’kirik) — o’zbek mumtoz musiqasiga mansub ikki qismli ashula turkumi. 1-qismi Chapandoz, 2-qismi esa Talqincha doira usulla- rida. Parda tuzilishi va bosh ohangi Shashmaqomniig Segoh maqomiga mos keladi. G. lirik asar bo’lib, mahbubaga etish yo’lidagi mashaqqatlarni aks etti- ruvchi g’azallar b-n aytiladi. Ilgari Di- niy mazmundagi she’rlar b-n ham aytil- gan. Cholg’u kuy sifatida ham yakka sozlar- da (ko’proq tanbur, dutor va g’ijjakda), ham turli ansambllarda ijro etiladi. S. Yudakov vokalsimfonik asarlarida, Sayfi Jalil va R. Hamroev simfoni- yalarida «g.1» dan foydalanishgan, B. Umidjonov uni jo’rsiz xor uchun qayta ishlagan.