Gladius
Gladius (lotincha gladius)-qadimgi rimlik jangchilarning kalta qilichi (60 santimetrgacha). Pireney yarimorolining qadimgi aholidan o’zlashtirilgan deb taxmin qilinadi. Saf bo’lib jang qilinganda qo’llanilgan. Asosan, chopuvchi zarbalar berishga mo’ljallangan. Gladius aksariyat hollarda temirdan ishlangan, shuningdek, bronzadan yasalganlari ham bo’lgan.