Glaukoma
Glaukoma (Yun. glaucos — och ko’k, ko’kimtir-yashil), ko’k suv, nazla — ko’z kasalligi; asosiy belgilari: ko’z ichi bosimining oshishi, ko’ruv maydo- nining torayishi va ko’ruv nervi Di- ski atrofiyasi. Birlamchi, ikkilamchi va b. G. farq qilinadi. Birlamchi G. mustaqil kasallik bo’lib, u ko’z ichi bo- simi boshqarilishi va ko’z ichi suyuqligi chiqishining buzilishidan yuzaga keladi. Asosan 35-40 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Ko’z ichki burchagining holatiga qarab yopiq burchakli, ochiq burchakli va aralash burchakli shakllarda bo’ladi. Yopiq burchakli g.da ko’pincha bemor- ning bir ko’zi va boshining o’sha tomoni dapqir-dapqir og’rib qo’yadi, ko’z xirala- shadi, yorug’ga qaraganda yoysimon doira ko’rinadi. Vaqt o’tishi b-n ko’z va pesho- nadagi og’riq kuchayib, bemorning ko’ngli aynib, qayt qiladi, ko’zi qizarib yoshla- nadi; ko’z oldida joylashgan qon tomir- lar kengayadi. Muguz parda xiralashadi, ko’zning old qismi sayozlashadi, qorachiq kengayib, yorug’dan torayish xususiyati yo’qoladi, ko’kimtir-zangori rangga ki- radi. Ko’z ichi bosimi keskin oshib, ko’z soqqasi qattiqlashadi. G.ning o’tkir Xu- ruji ro’y beradi. Ochiq burchakli g. b-n xastalangan bemor anchagacha ko’zidan shi- koyat qilmasligi mumkin. Ko’z ichi bosi- mi oshadi-yu, lekin og’rigan ko’z sog’idan deyarli farq qilmaydi; bosim ortgan sari ko’ruv nervi va to’r parda ezilib, ularda qon aylanishi qiyinlashadi, na- tijada ko’rish maydoni torayib, ko’rish yomonlashadi. Aralash burchakli g. aso- san gonioskopiya usuli b-n aniqlanadi. Ikkilamchi G. ayrim ko’z kasallikla- rining (uveit, ko’z gavhari kasalli- klari, qon tomir kasalliklari, ko’z soqqasining shikastlanishi, distrofi- yasi va o’smasi) asorati sifatida vujud- ga keladi. Tug’ma va o’smir yoshdagilar G.si ko’z ichki burchagining norasoligi va to’qimalar rivojlanishidagi ay- Rim nuqsonlar tufayli paydo bo’ladi. Ko’z ichi bosimi normada 18-26 mm si- mob ustuniga teng. Agar u 26 mm dan oshsa, maxsus tekshiruvlar o’tkazib g.ni vaqtida aniqlash lozim. Kasallikning oldini olish uchun yoshi 40 dan oshgan kishilarning ko’z ichi bosimi munta- zam tarzda yiliga bir marta o’lchanib turishi kerak. Ko’z ichi bosimi oshsa, ko’z yoki bosh og’risa, ko’rish yomonlash- sa, darhol vrachga ko’rsatish lozim. G.ning har bir shaklida boshlang’ich, ri- vojlangan, o’tib ketgan va terminal bosqichlar kuzatiladi. G.ning o’tkir Xu- rujida ko’z ichi bosimini tushiruvchi mahalliy va umumiy davo buyuriladi. Agar ko’z ichi bosimi hadeganda tusha- vermasa (24 soat davomida) jarrohlik usuli qo’llaniladi. G.ning barcha turla- rini davolash uchun avval doridarmonlar buyuriladi. Agar davolashga qaramay ko’z ichi bosimi doimo oshib tursa, ko’rish maydoni toraysa, lazer nurlari yoki mikroxirurgiya usullari b-n ko’z ope- rasiya qilinadi. Bu usullar qancha erta qo’llanilsa, ko’rishni shuncha yaxshi va uzoq, muddat saqlash imkoniyati tug’iladi. G. b-n xastalangan bemor ma’lum tartib- ga rioya qilishi lozim. Ko’proq sutli va sabzavotli ovqatlar tanovvul qilish, mehnat sharoitini engillashtirish, tunda bajariladigan ishni kunduzi va yorug’joylarda, vaqt-vaqti b-n dam olib qilish tavsiya etiladi. Asabiy (aqliy) va jismoniy zo’riqish, boshni engashti- rib ishlash, suyuqlikni ko’p iste’mol qilish, achchiq choy, kofe va spirtli ichim- liklar ichish tavsiya etilmaydi. G.ning oldini olishda dispanserizasiya yo’li juda qo’l keladi, bunda kasallikni erta aniqlash va bekamu ko’st davolash mumkin. Ad.: Hamidova M.X., Boltoeva Z.K., Ko’z kasalliklari, T., 1996. Xolidjon Komilov.