Glinka Mixail Ivanovich
Glinka Mixail Ivanovich [1804.20.5(1.6), Novospasskoe qishlog’i, Smolensk viloyati — 1857.3(15).2, ber- Lin; Sankt-Peterburgda dafn etil- gan] — kompozitor, rus mumtoz mu- sikasining boshlovchisi. 1817 y.dan Sankt-Peterburgda yashab, musiqa ij- rochiligidan sabok, olgan. 1820-y.lar- da pianinochi va xonanda sifatida ta- nilgan. Kompozisiya bo’yicha Berlinda 3. Den ta’limini olgan (1833-34). Bir necha marta chet el (Italiya sh.lari, ber- Lin, Parij, Varshava, Ispaniya va b.)da bo’lib, turli xalq kuylari va profes- sional musiqa madaniyati b-n tanishgan. G. ijodida xalq (rus, italyan, ispan va b.) musiqasi boyliklari b-n kompozi- torlik uslubi yutuqlari uyg’unlashgan. Shakli mukammal, kuylari aniq va na- fis, garmoniyasi hamda orkestr bo’yoqlari shirador va yorqin bo’lgan g. asarlari hayotbaxsh, quvonch ruhi b-n sug’orilgan. G.ning vatanparvarlik mavzuidagi «Ivan Susanin» (aslida «podsho uchun jon fido», 1836) hamda «Ruslan va lyudmi- la» (1842) asarlari rus operasida 2 oqim — xalq musiqali dramasi va ertak do- ston operasini boshlab berdi. Shuning- dek, «Vals-fantaziya» (1845), «kamarin- skaya» (1848) kabi simfonik asarlari b-n rus simfonizmiga asos soldi. G. roman- slari rus vokal lirikasi tarixida yangi davr ochgan. Ularning bir qismi o’zbek tilida nashr etilgan. G.ning opera, sim- fonik va kamer asarlari O’zbekistonda muntazam ijro etiladi. 1960 y.dan g. no- midagi opera xonandalar tanlovi ta’sis etilgan. Tanlov g’oliblari orasida o’zbek xonandalari (mas, I. Jalilov) ham bor.