GLISSER

GLISSER (Frans. glisser — sirpanmoq) — tezyurar engil kema. Kor- Pusining tubi yassi, Vsimon yoki botiq shaklda bo’lib, yonida «redan» deb atala- digan chiqig’i bor. G. tez yurganda vertical ko’tarish kuchi (gidrodinamik kuch) paydo bo’lib, chiqig’i suv betiga chiqadi va g. suv yuzida sirpanganday suzadi. Ko’pincha, G.ga engil porshenli ichki yonuv dviga- tellari, gaz turbinalari o’rnatiladi. Tezligi 200 km/soat dan oshadi. Sport G. lariga reaktiv dvigatellar o’rnatiladi, ularning tezligi 300 km/soat dan yuqori bo’ladi. G. dan yo’lovchilar tashish, sayr qilish, sport, qo’riqchilik maqsadlarida foydalaniladi.