Gnomon

Gnomon (yunoncha gnomon-ko’rsatkich)-qadimgi astronomic asbob. Faylasuf va astronom miletlik Anaksimandr tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Tekis maydonda o’rnatilgan tik ustuncha (sterjen)dan iborat. Gnomon soyasining uzunligi va yo’nalishiga qarab Quyoshning ufqdan balandligi va azimutini, tush vaqtini aniqlash mumkin. Ilgari Gnomon yordamida ekvatorning ekliptikaga og’maligini va geografik kenglikni aniqlashgan hozir Gnomondan quyosh soati sifatida foydalaniladi.