Goll (Gaulle) Sharl de
Goll (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolom- bele Dyoz-Egliz) — Frantsiya Preziden- ti (1959— 69). 1940 y. Londonda anti- gitlerchilar koalisiyasiga qo’shilgan. «Ozod Frantsiya» (1942 y.dan «kura- shayotgan Frantsiya») vatanparvarlik harakatiga, 1941 y. esa «Frantsiya milliy qo’mitasi»ga asos solgan. 1943 y. Jazo- irda tuzilgan «Frantsiyani ozod qilish milliy qo’mitasi»ga rahbar bo’lgan. 1944 y. iyunda g. bu qo’mitani Frantsiya Respu- blikasining muvaqqat hukumatiga ay- lantirgan. Frantsiya muvaqqat hukumati boshlig’i (1944-46 y. yanv.). Urushdan so’ng «frantsuz xalqini birlashtirish» partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958 y. Frantsiya bosh vaziri. G.ning tashabbu- si b-n prezident huquqini kengaytiruv- chi yangi Konstitusiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Frantsiya o’zining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqan.