GOMEOSTAZIS

GOMEOSTAZIS (yun. homoios – o’xshash, monand, statis – vaziyat, holat) — tizimning o’zgarmas doimiylik holatini saqlab qolish uchun murakkab harakatlar majmuasidir. XX asrda tibbiyotga amerikalik fiziolog U.Kenon tomonidan kiritilgan. Hozirgi kunda boshqaruv tizimlarini ta’riflaganda kibernetika, genetika, iqtisod, siyosatda keng qo’llaniladi.