Gorasiy

Gorasiy [to’liq ismi Kvint Go- rasiy Flakk (Quintus Horatius Flaccus)] (mil. AV. 65, Venuziy — mil.AV. 8, Rim) — Rim shoiri. Ozod qilintan qul oilasida tug’ilgan. Respublikachilarga xayrixoq bo’lgan. Fuqarolar urushi (mil. AV. 42 y.) da respublikachilar mag’lubiyatga uchra- gach, imperiya b-n kelishuvchilik yo’liga o’tgan. «Naqarotlar», «Satiralar», «Qasidalar», «nomalar» to’plamlari b-n o’sha davr she’riyatini yangi janr va yangi she’riy o’lchovlar b-n boyitgan. Uch maktubdan iborat «nomalar» kitobi «She’riyat ilmi» nomi b-n ham mashhur. Bu asar Bualoning «she’riy san’ati»ga asos bo’lgan.