Gorilla
Gorilla (Gorilla) — pongidlar oilasiga mansub odamsimon maymun, er- kagining bo’yi 1,8—2,0 m, yag’rinining kengligi 1 m ga yaqin, og’irligi 200— 250 kg va undan ko’proq. Urg’ochisi erka- gidan deyarli 2 baravar kichikroq. Gav- dasi yo’g’on, burni keng, bo’yni qisqa, yag’rindor, muskullari yaxshi rivojlan- gan, kuchli hayvon. Juni va terisi qora, orqa oyoqlari oldingilariga nisbatan kalta. Boshi katta, peshonasi past, yuzi oldinga turtib chiqqan, jag’lari og’ir, tishlari yirik. Ko’zi va quloqlari uncha katta emas. G’arbiy va Markaziy Afri- kaning qalin, o’tib bo’lmas ekvatori- al o’rmonlarida kichikroq to’da bo’lib yashaydi. To’da boshida erkak yo’lboshchisi turadi. Faqat o’simlik b-n ozikdana- Di. Tunash uchun daraxt ostiga yoki erdan uncha baland bo’lmagan joyda uya quradi. Erkaklari 6-7 yoshda jinsiy voyaga eta- Di. 3-5 yilda bitta bola tug’adi. Egizak yoki albinoslar tug’ilishi ham ma’lum. Tutqinlikda ham ko’payadi. Yashash joyi- ning buzilishi (o’rmonlarning kesilib, haydalishi) va brakonerlik tufayli soni tobora kamayib bormoqda. G.ni muhofaza qilish maqsadida 7 ta milliy bog’ (jumladan Virungada, Zair, 1925) tashkil etilgan. G. Xalqaro qizil kitob- ga kiritilgan.