G’O’SSOY
G’O’SSOY — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi soy. Uzunligi 18 kilometr. Zarafshon tizmasining Chaqilikalon tarmog’idan Murinak dovoni yaqinidan boshlanadi. Darg’om kanaliga borib qo’shiladigan Selxona (Mo’minobod) soyiga quyiladi. Qor, yomg’ir, buloq suvlaridan to’yinadi. G’o’ssoy yon-atrofidagi Childuxtaron va Chakchakidon g’orlari arxeologik ahamiyatga ega. Soy vodiysida G’o’s, Soyg’o’s qishloqlari joylashgan.