«Granit» qatlami

«Granit» qatlami (granit- gneys li qatlam, granit-metamorfik qatlam) — er po’sti qatlamining shartli nomi, undan uzunasiga yo’nalgan Seys- mik to’lqinlarning tarqalish tezligi 5,5—6,5 km/s ga teng bo’ladi. Cho’kindi va «bazalt» qatlami oralig’ida joyla- shadi. Granit, gneys va b. metamorfik va otqindi jinslardan tashkil topgan. Materiklarda «G.»q. cho’kindi jinslar b-n qoplangan, qalqonlarda esa ochi- lib qolgan. Tipik okean tubida «g.»q. bo’lmaydi. Q. Er po’sti.