Gribov Anisim

Gribov Anisim (17-a.) — rus diplomati. Ashtarxon (Astraxon)lik tijorat axlidan. G. boshchiligidagi 1-rus elchiligi (1641-43) Xiva xoni- ning hamda Buxoro va Balx xoni No- dir Muhammadxonning huzuriga borib, rus podshohi Mixail Fyodorovichiint topshirig’iga binoan diplomatik va savdo-sotiq aloqalarini rivojlanti- rishni taqlif qilgan. Bu taqlif O’rta Osiyoda kabul kilingan. Mixail Fyodo- rovich O’rta Osiyoga yo’llagan g. boshchili- gidagi 2-rus elchiligi esa ko’zlagan man- ziliga etib boraolmagan. So’ng, G. 1651 y. Eron shohi Abbos II huzuriga chopar etib yuborilgan. G. boshchiligidagi elchi- liklar diplomatik missiya ekanligidan tashqari harbiy-strategik, josuslik va yirik savdo-sotiq ekspedisiyalari ham edi. Mazkur elchiliklar hujjatlari O’rta Osiyoning 17-a. 40-y.lari tarixiga doir muhim manbadir.