GRINVICH MERIDIANI

GRINVICH MERIDIANI, boshlang’ich meridian, nolinchi meri- Dian — erda geografik uzunliklarni hisoblashda shartli ravishda boshlang’ich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga muvofiq, Grinvich astrono- miya rasadxonasidan o’tadi. G. m. Geo- grafik uzunliklar hisobi olinadigan boshlang’ich meridian bo’lib, nolin- chi soat mintaqasining o’rta Meridi- ani hisoblanadi (q. Vaqt). G. m.dagi mahalliy o’rtacha quyosh vaqti astronomi- yada keng qo’llaniladi. (q. Dunyo vaqti). G’arbda bir qancha mamlakatlar 1884 y.gacha uzunliklarni o’lchashda Parij, Berlin, Rim, Nankin kabi poytaxt yoki yirik shaharlar rasadxonalari, Rossiyada 19-a.gacha Sankt-Peterburg sh. Yaqinidagi Pulkovo rasadxonasidan o’tgan Meridi- anlarni o’zlari uchun boshlang’ich meri- Dian qilib olganlar. Qadimda va o’rta asrlarda xarita tuzishda Sharqda Uj- jayn sh. (Hindiston), Xo’jand sh., Ferro o. (Kanar o.lari)dan o’tgan meridiandan boshlang’ich meridian sifatida foyda- langanlar.