Grizayl

Grizayl (Frans. grisaille, gris so’zidan — kulrang) — biror-bir rang (qora, jigarrang, ko’k, ko’pincha kulrang) ning nozik tuslanishi (ochdan to’q tusga o’tishi) hisobiga yaratiladigan asar; bezak rassomligi turi. 17-a.dan qo’llaniladi, klassisizm uslubidagi binoning ichki bezaklarida haykaltaroshlik relef- lariga taqlid sifatida keng tarqalgan. Shuningdek, tasvirning bo’rtmali ko’rinishi tasavvuriga erishilgan bir rangli emal (kulrang, jigarrang, pushti rang) b-n ishlangan hamda zarhallangan rasmlar ham g. deb ataladi. O’zbek tas- viriy va amaliy bezak san’atida ham g. uslubida asarlar yaratilgan.