Yer osti g’orlari va tog’lardagi chuqurliklar Grot deb ataladi. Ular qanday paydo bo’ladi? Bu savolning ikkita javobi bor: yo suv sizib o’tib, tog’ jinslarini yemirishi, yo asov dengiz to’lqinlarining doimiy ravishda sohil bo’yidagi qoyalarga urilishi oqibatida vujudga keladi. Ko’pincha grotlar ohaktoshli qoyalarda hosil bo’ladi, chunki ohaktosh dengiz suvi tarkibidagi ishqorlar ta’sirida tezda yemirilib ketadi. Sohilbo’yi grotlari to’lqinlarning yillar davomida qoyalarga urilishi natijasida hosil bo’ladigan darzlar va chuqurliklardan vujudga keladi. Sher, ayiq, bo’ri kabi ayrim jonivorlar grotlarda yashaydi. Grotlar ko’rshapalaklar va boshqa hasharotlarga ham boshpana bo’lib xizmat qiladi. Dengiz sohillaridagi grotlarda qisqichbaqasimon jonivorlar, baliqlar yashashini gapirmasa ham bo’ladi. Qoyalardagi g’orlar — grotlarni tadqiq qiladigan olimlar speleologlar — g’orshunoslar, g’orlar haqidagi fan esa speleologiya — g’orshunoslik deb ataladi. G’orshunoslar ishi xavfli bo’lishi bilan birga qiziqarli hamdir. Fransiyaning janubida Padirak, Per Sen-Marten, Aven-Arman kabi mashhur g’or — tunnellar bor.
Haydovchilik yo’nalishida testlar
YouTube monetizatsiyasi O’zbekistonda: qachon ishga tushadi va hozir qanday pul topish mumkin?
Sun’iy yo’ldosh interneti nima? Qanday ishlaydi va O’zbekistonda qachon bo’ladi?
NFC nima? Kontaktsiz to’lov qanday ishlaydi?
Google Pay O’zbekistonda: qanday ishlaydi va qanday ulanadi?
«Biror kun boshlayman» – miyaning sizga qo’ygan tuzog’i
Baland gapirgan odam zaifmi? Ovozini ko‘targan inson aslida nimani yashiradi?
Ayollar (an’anaviy) ansambllari-madaniyatda
«Men sizsiz yashay olmayman» – shunaqa deyishganmi

