Guam

Guam — tinch okeanning g’arbiy qismidagi Orol, Mariana o.lari to’dasida. G.ni 1521 y. F. Magellan kashf etgan. AQSh mulki, tinch okeandagi Yi- rik harbiy-dengiz va harbiy-havo ba- zasi. Mayd. 549 km2. Aholisi 145 ming kishi chamasida (1990-y.lar oxirlari), 20 mingdan ziyodrog’i Amerika harbiy xizmatchilari va ularning oilalari, krlganlari ispanlar, meksikaliklar, filippinliklar. Orolning eng baland (405 m) Jan. qismi vulkan jarayonida, pastroq shim. qismi marjon qoyalardan paydo bo’lgan. Tez-tez zilzila bo’lib tu- radi. Iqlimi tropik, mussonli iqlim, oylik o’rtacha t-ra 26 — 27°, yiliga 3000 mm yog’in tushadi. Tog’larning Jan. va Sharqiy yon bag’irlarida nam tropic o’rmonlar, shim.da kserofit g’alla gulli o’simliklar o’sadi. Iqtisodining asosi — turizm. Har yili orolga 600 ming tu- rist (80% yaponlar) kelib ketadi. Daro- madining 12%i harbiy ob’ektlardan ke- ladi. Kokos palmasi, kofe o’stiriladi, shakarqamish va b. tropik ekinlar eqiladi, sholi etishtiriladi. Baliq ov- lanadi. Yog’och tayyorlanadi. Bosh shahri — Aganya (aholisi 2 mingdan ortiq). G.da t.y. yo’q, avtomobil yo’llari uz. 674 km. Chetga kiyim, turli xil ichimliklar, tamaki, mashinasozlik mahsulotlari chiqariladi; chetdan yoqilg’i, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Tashqi aloqa asosan AQSh, Yaponiya va Tayvan b-n olib boriladi. Un-t bor.