Gul

Gul — marhum xotirasiga bag’ishlab o’tkaziladigan marosim. G. marosimi bahorda gullar ochilgan chog’da, vafot et- ganlarning yiliga qadar o’tkaziladi. Asosan, qarindosh, qo’ni-qo’shni ayollar qatnashadi. Ularning oldiga dastur- xon yozib choy-non, ba’zan taom torti- ladi. Suhbataro marhum xotirlanadi, faoliyati tilga olinadi, uning sha’- niga duoyi-fotiha o’qib tarqaladilar. Uning oilasidagi ayollar va xohlaganlar qabristonga borib marhumning qabriga gul qo’yadilar (ba’zilar gulni qabr tuprog’iga ko’madilar).