Gula

Gula (fors. — eshilgan ip) — to’quv dastgohi (do’koni) da tanda nax (ip) lari- ni ikkiga ajratib, moki o’tkaziladigan kom (oraliq) ochishga xizmat qiladigan asbob. G. ikki xil bo’ladi: I) ipgula — jimjiloq yo’g’onligidagi ikkita qarag’ay cho’p hamda gulzanjiralardan iborat bo’lib, qo’ldo’kon va mashinado’konda ishlatiladi; 2) simgula — temirdan yasalgan ikkita Javza hamda oralari- dan nax o’tadigan ingichka simlar; to’quv dastgohida ishlatiladi. G.ning uzunligi to’qiladitan tandaning eni, naxlarning bog’i va miqdoriga bog’liq. Tanda necha tepkili do’konda to’qilishiga qarab, bir tandada ikkitadan (to’rt qanotlida), to’rttadan (sakkiz qanotlida), sakkizta- dan (o’n olti qanotlida) g. ko’tariladi.