Gulchehra Nurullayeva (1938-2021)
Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956—1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961—1967) jurnalida ishlagan. 1967—1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.
Uning ijodi 60-yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh tabassumi» (1965) nomi bilan chop etilgan. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlari e’lon qilingan.
Gulchehra Nurullayevaning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), «Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning suvrati» (1988) kitoblari chop etilgan.
Gulchehra Nurullayeva 2021 yil 16 yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etgan.