Guldasta

Guldasta — burj, tashqi devorlar tutashgan burchakda tirgak sifatida va ayni paytda, bezak maqsadida devorga qo’shib tiklangan ustunsimon qurilma, kichik minora. Masjid, madrasa, saroy kabi hashamatli binolarda asosan pishiq g’ishtdan ishlangan. Masjid devorlaridagi Guldastalar minora shaklida bo’lib, undan muazzin azon aytishida foydalanilgan. Guldastalar g’ishtdan shakl berib, ba’zan devorga qo’shib koshin bilan bezatilgan, yuqori qismiga sharafa ishlangan (Samarqanddagi Tillakori Madrasa Guldastasi). Jamoat binolaridan asosan bezak maqsadida ishlangani bilan burjdan farqlanadi.