Gul masjid

Gul masjid — Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman idagi me’moriy yodgorlik (1875). Bino Chortoq tarhli (17,2×11,7 metr), bir ustunli, murabba tarxli xonaqoh (7,7×7,7 metr) va uch tomoni ayvondan iborat. Pishiq g’isht (26x26x4—50 santimetr) dan, to’sin tashlab, yassi tomli qilib yopilgan. Shifti naqshlar bilan nafis bezatilgan, mehrobi iroki ravoqli, atrofiga zanjira naqsh ishlangan.