Guliston Matyoqubova (1948)
Guliston Matyoqubova (Annaqilicheva) 1948 yilda tug‘ilgan. 1973 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. U 1984-2005 yillarda, 4 chaqiriqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, 2005-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasiga deputat qilib saylangan.
Uning «Hayajonning yetti rangi» (1982), «Oydin ostona» (1983), «Sevib qolsin» (1985), “Daryoga botayotgan quyosh” (1998), “Izlaganlarim” (2002), «Oybaldoq» (2001), «Muhabbat yurti» (2002) kitoblari nashr qilingan.
Shuningdek “Qoraqalpog‘iston” nashriyotida «Baxt keltirgan bahor» (1979), «Zemlya ottsov» (1986), «Jurek penen juzbe juz» (1987), «Nurlы jollar» (1988), «Prekrasnoye chuvstvo» (1989), «Aytgin menga To‘rtko‘l haqida» (1993), «Men sen uchun yashayapman» (1993), «Amio‘ jag‘asыnda osken bayterek» (1994), «Intizarlыq» (1995), «Yo‘llaringga chiqdim» (1997), «Qalb zuraati» (2004), «Qaytmoq uchun ketmoqdaman» (2007), «Vatan ruhi» (2011) kitoblari o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida bosilib chiqqan.
2002 yilda “Iskusstvo narodov Mira” Assotsiatsiyasi Pravleniyesining qarori bilan “Laureat Iskusstvo Narodov Mira” unvoni bilan taqdirlangan. Uning she’rlari qoraqalpoq, rus, turk, turkman, nemis tillariga tarjima qilingan.
U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» (1983), «Qoraqalpog‘iston xalq shoirasi» (2002) faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.