Gulqand
Gulqand — gulbarg bilan shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ochilgan qizil atirgullar terib olinadi, o’g’irda tuyib, shakar aralashtiriladi, idishga solinib, oftobga qo’yiladi. Gulbarglarni yana tuyib, shakar qorib idishga solinaveradi. Oftobda uzoq turib, shakar ezilgan gulbarglariga singadi va Gulqand hosil bo’ladi. Gulqand xalq tabobatida bedarmonlik, kamqonlik, yo’tal kabilarga davo sifatida iste’mol etiladi. Gulqandni ba’zi joylarda oftobigulqand deb ham ataydilar.