Gultuvak

Gultuvak — 1) ichiga tuproq solib, gul ko’kartiriladigan maxsus idish. Aksari sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi. Gul va o’simliklarga moslashtirilib turli shakllarda yasaladi. Tubi teshik bo’ladi. Solingan suv tuproqqa shimilib, Gultuvakning tagiga qo’yilgan idishga tushadi; 2) bezak mujassamotida gul, buta ostidagi tuvaksimon naqsh shaqli. Amaliy san’at (naqqoshlik, ganchkorlik va boshqalar)da keng qo’llaniladi.