Gulqog’oz, oboy

Gulqog’oz, oboy — xonalarning ichini pardozlashda ishlatiladigan o’rama (rulon) material. Eshik tabaqalari va mebellarga ham ishlatilishi mumkin. G.ning oddiy (gulli, gulsiz, bir tusli va rang-barang) va namga chidamli, tovush yutadigan xillari; bosma (A, A), naqshli bosma (B, B), burmali bosma (V, V), ta- krorlangan (g, g) xillari bor. G. eni 500, 560 va 600 mm, uz. 6; 10,5; 12; 18 m li o’ramlar tarzida ishlab chiqariladi. Namga chidamli g.ning suvga chidamli polimerlar qo’shilgan bo’yoqlarda tay- yorlanadigan va old tomonida (o’ngida) polimer emulsiya va loklar b-n hosil qilingan himoya pardali bosma xilla- ri bor. Bular iliq sovunli suv b-n bir necha marta yuvishga va artishga chidaydi. Tovush yutadigan g. old tomoni har xil tolali materiallar (to’qimachilik sanoa- ti chiqindisi)dan yasalgan tuk qoplamali qog’oz asosida tayyorlanadi. Bunday G.ning sirti chang so’rg’ich b-n tozalanadi. G.larga ishlatiladigan bo’yoqlar yorug’lik ta’siriga ancha chidamli bo’lishi kerak. Namga chidamli g.ning teskari tomo- ni elim katlamli yoki elimsiz bo’ladi. Elimlisi devor yoki shipga mustahkam yopishadi. Bulardan tashqari xili va guliga qarab moslashtirib xonaning yuqorigi cheti bo’ylab yopishtiriladigan qog’oz koshinlar — bordyur va frizlar; to’ldirgich b-n sintetik smola asosida tayyorlangan plastik massadan iborat, qog’oz asosga tushirilgan bo’rtma gulli material — linkrust; teskari tomoni maxsus qog’oz b-n himoyalangan elimli yoki elimsiz pardozbop bezak plyonka — polivinil-xloridli va b. xillari ham ishlatiladi. Hoz. vaqtda g.lar ko’pincha polimer materiallar asosida tayyorla- nadi. G.ni yopishtirish uchun sirach yoki sintetik elimlar va mastikalardan foy- dalaniladi. Kadimda Yaponiya, Xitoy mamlakatlarida, 18-a.gacha Evropada xo- nalar devorlari, shiplari mato qoplab pardozlangan. Qog’oz i. ch. rivojlangan- dan so’ng mato o’rniga g. ishlatilgan. G. ishlab chiqaruvchi sanoat dastlab 18-a.da Angliyada paydo bo’lgan (u paytda gular dastaki usulda bosilgan). Mashinada gul bosish 19-a. 20-y.larida boshlangan. O’zbekistonda polimer materiallar aso- sida g. Toshkent sh.dagi o’rta va kichik biz- nes korxonalarida ishlab chiqariladi. Ad.: Bozorboev N., Uy-joy quruvchilar uchun 1001 maslahat, T., 1990.