Gulxayri
Gulxayri (Althaea) — gulxay- ridoshlarta mansub bir yillik va ko’p yillik o’tlar turkumi. Evropa va Osiyo- ning o’rta mintaqalarida 12 turi o’sadi. O’zbekistonda G.ning bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. G.lar to’qaylarda, sug’oriladigan maydonlarda va b. erlarda uchraydi. Gullari to’g’ri, 5 bo’laqli, ikki jinsli. G. dorivor, manzarali o’simlik, undan bo’yoq olinadi. O’zbekistonda G.ning A. rosea turi manzarali va dori- vor o’simlik sifatida ko’p eqiladi. Poya- si 1,5—2 m, yo’g’on, tuklar b-n qoplangan. Barglari 3-7 bo’laqli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2-3 tadan barg qo’ltig’ida va poya ichida o’rnashgan. Toj- barglari qat-qat joylashgan. Iyun—avg. da gullab, iyul—sent.da urug’laydi. Tojbarglaridan vino, sirka va b.ga rang berishda hamda teri, shoyi va jun kabi- larni bo’yashda foydalaniladi. G.ning A. offi cinalis turi dorivor o’simlik sifa- tida tibbiyotda foydalaniladi. Uning ildizidan tayyorlangan suyuq ekstrakt nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa bolalarda) balg’am ko’chirish, ko’krakni yumshatish uchun va yallig’lanishga qarshi, me’da-ichak kasalliklarida esa o’rab oluvchi dori sifatida ishlatiladi.