Gumin kislotalar
Gumin kislotalar (lot. Humus -er, tuproq) — tabiiy mahsulotlar (torf, qo’ng’ir ko’mir, toshko’mir va b.) dan ishqorlarning suvdagi eritma- si yordamida ajratib olinadigan or- ganik moddalar; tabiatda o’simlik qoldiqlaridan yoki toshko’mir va b. or- ganik mahsulotlarning oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi. Torf xiliga, shuningdek, uning chirishi darajasiga qarab g. k. xar xil miqdorda uchraydi. Cho’kmay, eritmada qolgan organik mod- dalar fulvokislotal ar deb ataladi. Cho’kkan G. k.dan spirtda eriydigan gi- matomelan kislotalar hamda erimay- digan qoldiq — gumus kislotalar AJ- ratib olinadi. Kimyoviy tuzilishiga ko’ra g. k. yuqori molekulyar (mol. m. 1300-1500) kondensirlangan Aroma- tik birikmalar bo’lib, ularda fenol gidroksillari, karboksil, karbonil va atsetoguruhlar, oddiy efir bog’lari va b. borligi aniqlangan. Elementar tar- kibi: 50-70% S, 4-6% N, 25-35% o. G. k. neft va gaz qavzalarini kazishda yuvuvchi suyuqliklar komponenti, akku- mulyatorlar tayyorlashda kislotabardosh to’ldirgichlar, tuproq tuzilishini yax- shilashda, o’simliklarning o’sishini tezlashtiruvchi modda, organik-mineral o’g’itlar va q. x. hayvonlarining teri kasalliklarini davolashda antiseptic modda sifatida qo’llaniladi.