Gvozdikov Mixail Andrianovich

Gvozdikov Mixail Andrianovich (1880, hoz. Ukrainaning Poltava viloyati — 1954, Toshkent) — teatr ras- somi, O’zbekistan xalq rassomi (1945). Moskvadagi Stroganov rassomlik MAK- tabida o’qigan (1896-1901). 1934 y.dan Toshkentda; Navoiy teatrida ishlagan. Birinchi o’zbek operasi «bo’ron» (M. Ash- Rafiy, S. Vasilenko, 1939) spektakliga ishlagan dekorasiyalari muvaffaqiyat qozongan. G. yaratgan sahna bezak lari asar mazmuniga mos manzaralar topa olganligi, yaxlit va uyg’un koloriti, tiniqranglari b-n diqqatga sazovor («Knyaz Igor», «Boris Godunov», «FA- ust», «laqma», «mis chavandoz» va b.). G. o’zbek teatr rassomlari Sh. Shorahimov, M. Musaevga ustozlik qilgan.