Hafizov Ibrohim

Hafizov Ibrohim (1870-1940) -buxorolik me’mor. Hunarni otasi bilan birga ishlab, usta Xalilga shogird tushib (1880-88) o’rgangan. 1888 yildan mustaqil usta. Hafizov muqarnasli sharafa va namoyonlarga handasiy va islimiy uslubida naqsh ishlash san’atini puxta egallagan. Qo’shmadrasa yaqinidagi qozi Baqoxon uyi, Karmanadagi Abdulahadxon saroyi, Sarim Sulton, Xayrobod, Chorbog’-Charimgari, Chorbog’gul saroylari va uylarini qurishda qatnashgan. Xon saroyida gilkorlik qilgan. Ark saroyini qayta tiklashda, Buxoro shahridan Sitorai Mohi Xosagacha bo’lgan yo’lga tosh yotqizishda, fabrika qurishda (1928— 34) va boshqalarda ishtirok etgan. Hafizovning 100 dan ortiq loyihalari O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.