Hamdamiy Bahrom

Hamdamiy Bahrom (1910, Toshkent — 1942, frontda halok bo’lgan) — rassom, O’zbekiston rassomlari uyushmasining tashkilotchilaridan. Toshkent rassomlik texnikumida A.Volkovdan ta’lim olgan (1930— 36); Moskva, Leningradda ijodiy safarda bo’lib malakasini oshirgan. Hamdamiy asarlarida kunning dolzarb voqealarini,’ xalq hayotini tasvirladi: «kolxozchilar» (1933), «kolxoz choyxonasida» (1936) Sharq muzeyida; «Avtoportret» (1939, 1941); «ish tugadi» («Langar kanali quruvchilari», 1939), «bobom—shoir Muztarib portreti» (1939) — O’zbekiston san’at muzeyida. Navoiy asarlari asosida «Farhod sahroda» (1940), «Farhod Xusrav asiri» (1941) kabi asarlar yuzaga keldi. «O’zTAG oynasi» gshakatlarini tayyorlashda qatnashgan (1941-42). R.Ahmedov, Z. Inog’omov va boshqalarga dars bergan. Ad..Taktash R.X., Baxram Xamdami, T., 1969.