HAMIDOV HALIM

HAMIDOV HALIM (1937.22.8, G’ijduvon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1959). 1959 yildan Qiziltepa tumanidagi maktabda tarix o’qituvchisi. 1962 yildan G’ijduvon tumanidagi 1-maktabda, 1965 yildan 2-internat maktabda direktor o’rinbosari. 1970 yildan G’ijduvon tuman xalq ta’limi bo’limida yo’riqchi va metodik kabinet mudiri, 1982 yildan 3-maktab, 1993-98 yillarda 6-gimnaziya direktori.