Hamroqulov Nuriddin
Hamroqulov Nuriddin (1946.18.6, Andijon) — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida ta’lim olgan (1971-73). Ijodiy faoliyatini Andijon teatrish boshlab (1967 — 73), Haydar («Nurxon»), Ravshan («Ravshan va Zulxumor») kabi obrazlarni yaratgan. An’anaviy va zamonaviy xonandalik yo’llarini O’.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan o’rgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983-93). Keyinchalik, asosan, kontsert ijrochiligi bilan shug’ullangan. Repertuaridagi mumtoz («Samarqand ushshog’i», «Toshkent irog’i»), zamonaviy bastakorlar ashulalari («Talqinroz», «Oq qush», R.Yusupov va boshqalar) hamda o’zi bastalagan («olamni saqlang», «Ra’no», «Soy ko’rdim», «Shirinliging», «kuldi bahorim» kabi) qo’shiqlari ta’sirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Ijrolari O’zbekiston radiosi fonotekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan.