Haqiq, aqiq
Haqiq, aqiq — zargarlik buyumi, ayollar taqinchog’i. Yirik hajmdagi Haqiq va boshqa qimmatbaho toshlarga Buxorodagi hind, eronlik ustalar husnixat bilan Arab yozuvida matnlar (muhr, Qur’on oyatlari)ni o’yib bitganlar. Yirik hajmdagi toshlar sayqallangan, turli mujassamotlar (asosiy maydon — turunj, hoshiya va boshqalar) hosil qilib o’ymakori bezatilgan hamda metall (kumush va boshqalar) gardishlarga o’rnatilgan; gardish atrofi kungurador bo’lib, yuqorisiga ilgak ishlangan, quyi qismi bargak, marjonli shokilalar bilan bezatilgan. Ba’zan tayyor bezatilgan Haqiqlar keltirilib, Buxoroda gardishga o’rnatilgan. Haqiq asosan ko’krak, kurak va boshqa joylarga osilib, odatda tumor vazifasini bajargan.