Haqnazarxon, Haqnazar Sulton

Haqnazarxon, Haqnazar Sulton (?-1580) — qozoqlar xoni (1538 yildan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. No’g’ay o’rdasidagi o’zaro ichki nizolardan foydalanib O’rdaga tobe qozoq urug’larining bir qismini o’ziga bo’ysundirgan. Mo’uliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-yillarning oxirida Haqnazarxon Sirdaryo bo’yidagi savdo-hunarmandchilik markazlari va Toshkentni bosib olish uchun Shayboniylardan bobo Sulton va Abdullaxon II bilan kurashgan. 1573 yil rus hukumati Haqnazarxon bilan o’zaro aloqa bog’lashga uringan. Rivoyatlarga ko’ra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi Haqnazarxon nomi bilan bogliq bo’lgan. Ad.: Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vekov, Alma-ata, 1969.