Hasharotxo’rlar

Hasharotxo’rlar (1p8es1ouoga) -sut emizuvchilar turkumi. Eng qadimgi va tuban tuzilgan yo’ldoshlilar. Bo’r davrida paydo bo’lgan. Hasharotxo’rlar barcha yo’ldoshlilarning ajdodlari bo’lishi ham mumkin. Ko’pchilik Hasharotxo’rlar besh barmoqda, tovonda yuradi. Tishlari yaxshi ixtisoslashmagan, bosh miyasining hidlov bo’laklari kuchli rivojlangan. 6 oilasi: tipratikanlar, tenreklar, tilla krotlar, yoriqtishlilar, yerqazarlar, sakrovchilar mavjud. Ayrim zoologlar vixuxolsimonlar, vidrasimon yerqazarlar, tupayyasimonlarni ham ana shu turkumga kiritishadi. Avstraliya, Janubiy Amerikaning ko’p qismi, Antarktida va Grenlandiyadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. O’zbekistonda tipratikanlar va yerqazarlar oilalariga mansub 6 turi: qora ignali tipratikan, quloqdor tipratikan, mitti oqtish, ola putarak, kichik oqtish, oq qorin oqtish tarqalgan. Ko’pchilik Hasharotxo’rlar shomda faollashadi. Hasharotxo’rlar o’rmon xo’jaligiga ziyon keltiradigan umurtqasiz hayvonlarni qirib foyda keltiradi. Ayrim turlari ovlanadi. 8 turi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.