HAVO AYLANISHI

HAVO AYLANISHI (TSIRKULYATSIYASI) — yer sirtida qalin (o’nlarcha kilometrgacha) havo (atmosfera) qatlamining o’ziga xos ko’chib yurishi; to’xtovsiz yuz berib turadi. Ko’p yillik shamol xaritalari va atmosfera bosimlarining o’rtacha ko’rsatkichlari bo’yicha Havo aylanishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash mumkin.