Haydarov Eshmat

Haydarov Eshmat (1897, Qo’qon – ?) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1944). Kuchli va jozibali ovoz sohibi. 12 yoshidan katta ashula yo’llarini Hamroqulqoridan o’rgangan. Keyinchalik Qo’qon, Farg’ona, Toshkent to’y-sayillarida qatnashgan. 1927 yildan Toshkentda. O’zbek davlat filarmoniyasi (1936-45), O’zbek radiosi (1946 yildan), O’zbek davlat estradasi (1947-53) da yakkaxon xonanda. Repertuaridan Farg’ona —Toshkent maqom yo’llari, katta ashula, ashula va ayrim yallalar o’rin olgan.