Hazrati Bashir ota masjidi

Hazrati Bashir ota masjidi — Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (15-asr 2-yarmi); Ulug’bekning do’sti Olim Bashir ota (Said Ahmad, vafoti 1461-62) nomi bilan bog’liq. Masjid katta xonaqoh va maqbaradan iborat. Bashir ota qabri ustidagi sag’ana saqlangan. Sag’ana 2 pog’onali asos ustiga o’rnatilgan, o’yma naqshlar bilan bezatilgan. 18-asrda uning ustiga sinchli, devorlari loy suvoqti, 4 ta yog’och ustunga o’rnatilgan shifti yassi toqili masjid qurilgan.