Hind-eroniy tillar

Hind-eroniy tillar, oriy tillar — Hind-Yevropa tillari oilasining bir tarmog’i; hind tillari va eroniy tillaridan iborat. Uning tarkibiga, shuningdek, dard tillari (Afg’oniston, Pokiston va Hindiston shimoldagi tog’li o’lkalarda tarqalgan Kashmiriy, shina, phalura, kho’var, Gavar, Dameli, Poshoyi kabi 20 dan ortiq tillar — 4 milliondan ortiq kishi so’zlashadi) va Nuriston tillari (Afg’onistonning Nuriston tog’li viloyatida tarqalgan 10 ga yaqin til — 150 mingdan ortiq kishi so’zlashadi) ham kiradi. Shunday qilib, Hind-eroniy tillar tarmog’i 150 ga yaqin jonli va 20 ga yaqin o’lik tillarni qamrab oladi va ularda taxminan 900 millionga yaqin kishi so’zlashadi (o’tgan asrning oxirlari). Hind-eroniy tillarning qadimgi vakillari bo’lgan oriylarning kelib chiqishi va asl vatani haqida 2 xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko’ra, oriylar dastlab yagona qabila, elat sifatida O’rta Osiyoda yashab, keyinchalik ularning bir qismi Hindukush toglari orqali Hindisgonga, bir qismi Eronga borib o’troqlashgan. Ikkinchi taxminga ko’ra, oriylar vatani Janubiy rus dashtliklari bo’lib, ular Kavkaz orqali Eron va Hindistonga ko’chib o’tganlar. Qiyosiy-tarixiy grammatika ushbu tillarda umumiy fonemalar tizimi, umumiy lug’aviy tarkib, umumiy morfologiya va so’z yasalish tizimi va hatto umumiy sintaktik belgilar bo’lganligini tasdiqlaydi. Oriylar nomini bildiruvchi «Agua» atamasi ham umumiy bo’lib, juda ko’p hindiy va eroniy etnik terminlarda o’z aksini topgan (ushbu so’z shaklidan hozirgi Eron davlatining nomi kelib chiqqan). Qadimgi hind va Eron obidalari «Rigveda» va «Avesto» ham ba’zi jihatlari bilan o’zaro shunchalik yaqinki, ularni bir asos manbaning 2 varianti deb o’ydash mumkin. Olimlar oriy qabilalarning 2 qismga (hind-oriy va eroniy shoxobchalarga) ajralishi miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshlarida ro’y bergan deb hisoblaydilar. Ushbu tarmoqqa mansub qadimgi (o’lik) tillardan hind-oriy guruhidagi Veda tili, sanskrit, pali tillarini, eroniy guruhdagi Avesto tili, qadimgi fors, o’rta fors (pahlaviy), Parfiya, Sug’d, Xorazmiy, sak tillarini va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Hind-oriy guruhidagi tillar eroniy tillarga nisbatan birmuncha konservativ (o’zgarmas) bo’lib, ularda hind- yevropa, hind-eroniy davrlarning ba’zi arxaizmlari yaxshi saqlanib qolgan, ayni paytda eroniy guruhdagi tillar fonetika va morfologiya sohasida bir qancha jiddiy o’zgarishlarga uchragan. Hozirgi Hind-eroniy tillar Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Nepal, Shrilanka, Afg’oniston, Turkiya, Iroq, Tojikiston, shimoliy va Janubiy Osetiya, Gruziya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu garmoqdagi tillar mazkur 2 guruh tillari taraqqiyotining umumiy tipologiyasini ko’rsatuvchi bir qancha umumiy tamoyillar bilan ajralib turadi. Dard tillari Hind-eroniy tillar tarmogidagi 2 asosiy guruh o’rtasida alohida oraliq guruhni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tillarking aniq o’rni haqida yagona fikr yo’q: Imgliz olimlari R.B.Shou, J.A.Grirsoi va norveg gilshunosi S.Kopovlar dard tillarini ko’proq eroniy gillarga yaqin deb hisoblasalar, ingliz olimi R.L.Terner va norveg olimi G.Morgensterps ularni butunlay hind- oriy tillariga mansub deb topadilar. Grirson (so’gpti ishlarida) va rossiyalik tilshunos J.I.Edslmanlar esa dard tillarimi hind-oriy va eroniy tillar o’rgasidagi oraliq o’ringa ega bo’lgan mustaqil guruh DSB hisoblaydilar. Ad.: ‘Edslmap D.I.. Dardskis yashki, M., 1965: Gryunbsrg A.L., Opp lpshnistichsskoy karg! Nuristana. «Slranm i parodm Vostoka», M.. 1971: Edelman D. I .. Srapiitslpaya grammatika iostochno iranskix yashkoi. Fopologiya, M.. 19X6. Anvir Ismoilov. Abduvihob Madvaliyev.